Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 21-Samarqand saylov okrugi deputati T.To‘ychiboyev, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonovlar tomonidan Saidobod mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.
🔹 O‘rganish jarayonida mahallada aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bilan ishlash hamda bandlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Jumladan, ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash jarayonlari o‘rganildi.
🔹 Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish va doimiy bandligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi.