Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan N.Tashmatov tomonidan 2026-yilgi “Tashabbusli byudjet” loyihasining birinchi mavsumida g‘olib deb topilgan ichki ko‘cha yo‘llarida olib borilayotgan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
Nazorat tadbiri davomida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.
Deputat tomonidan mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Xalq tashabbusi bilan boshlangan har bir loyiha – xalq manfaatlari yo‘lida!
✅ Deputatlik nazorati esa buning samarali va shaffof amalga oshirilishini ta’minlaydi.