Soʻrovda 7-Zarbdor saylov okrugi hududida aholi murojaatlarini oʻrganish jarayonida Gulzor mahallasidan oʻtuvchi “Qizilravot” kanalining 12 kilometr qismini qazish zarurligi masalasi koʻtarilgan.
Shu munosabat bilan mazkur muammoni vakolat doirasida ijobiy hal etish hamda amaliy yordam koʻrsatish yuzasidan tegishli choralar koʻrish soʻralgan.
Qonunchilikka muvofiq, deputat soʻrovi yuzasidan olingan kundan boshlab 10 kun muddat ichida yozma maʼlumot taqdim etilishi lozim.