Жаңалықлар

Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimligi mas’ullari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etdilar. Kun tartibida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanishga ruxsat berish, Ulug‘nor tumani davlat soliq inspeksiyasi rahbarining 2026-yilning 5 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisoboti, tuman hokimligi, davlat organlari, tashkilotlar va korxonalarning 2026-yil ikkinchi choragi davomida “Edo.ijro.uz” elektron tizimi orqali kelib tushgan hujjatlar va murojaatlar ijrosi holati, Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmati Ulug‘nor tumani bo‘limi boshlig‘ining 2026-yilning 5 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobotlari va bir qator masalalar muhokama etildi. Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul tashkilot va idoralarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish yuzasidan topshiriqlar berildi

Slide 1 of 8