Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📍 Aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
🏥 Deputat tomonidan tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Ollamov G‘ayrat Ollamovich o‘z saylov okrugidagi 2-son oilaviy poliklinika faoliyati bilan yaqindan tanishib, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati va sharoitlarini o‘rgandi.
янв.21
📚 SHOVOT TUMANI TA'LIM TIZIMIDA 2026-YILNING 6 OYLIK NATIJALARI
янв.21
🏥 Sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
🎗 Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
🩺 Sil kasalligiga qarshi kurashish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
🩺🧂 Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish olib borildi
янв.21
💼📈 TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH – AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISHNING MUHIM OMILI
янв.21
📚 TA’LIM SIFATI – KELAJAK POYDEVORI
янв.21
"Shovot tumani Kengashining navbatdagi 27-sessiyasida “Qunduz” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalla yettiligi” tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot bo‘yicha munosabatim:
Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

#yoshlar_maslahat_guruhi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Yangihayot tumanida Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari Sarvar Irgashev boshchiligida Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati mudiri X.Dadabayev, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.Xatamov hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari va faol yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📝 Tadbirda tuman adliya bo‘limi vakili Sh.Ishonqulov, Yoshlar maslahat guruhi a’zolari hamda faol yoshlar ishtirok etib, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

💬 Muloqot davomida Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish va samaradorligini oshirishga qaratilgan tasdiqlangan reja-grafikning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Xususan, guruh faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlash, faol va tashabbuskor yoshlarni keng jalb etish, hududlardagi dolzarb muammolarni tizimli o‘rganish hamda amaliy takliflar ishlab chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

🔎 Shuningdek, yoshlarning ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, axborot texnologiyalari, sport va madaniyat yo‘nalishlaridagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish hamda liderlik salohiyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💻 Reja-grafik doirasida raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ijtimoiy tarmoqlar va elektron platformalar orqali yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, Yoshlar maslahat guruhi a’zolari uchun notiqlik san’ati, liderlik va loyiha boshqaruvi yo‘nalishlarida seminar-treninglar tashkil etish belgilanganligi qayd etildi.

🗣 Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, Sarvar Irgashev, tuman hokimi o‘rinbosari hamda Kengash kotibiyati mudiri tomonidan yoshlardan kelgan murojaatlar joyida o‘rganilib, ikki masala yuzasidan huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, yana bir muammo esa mas’ullar ishtirokida joyida bartaraf etildi.

🤝 Tadbir yakunida yoshlarning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning fikr va takliflarini amaliyotga joriy etish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlash Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

📉 Ta’kidlanganidek, yoshlar manfaatlarini ta’minlash, ularning g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 9