35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📍 Qonun ijrosi – deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi
янв.21
📍 Har bir murojaat – e'tibor va yechim markazida
янв.21
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurib aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
📍 "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi loyihalar ijrosi o'rganildi
янв.21
📍 Deputat qabuli: aholi murojaatlari e'tiborda
янв.21
🟢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI ⚡️
янв.21
🌿 EKOLOGIYA VA SUV RESURSLARI – DEPUTAT E'TIBORIDA
янв.21
Deputat va ekologik hamkorlik
янв.21
Deputat faoliyatida agrar sohani huquqiy qo‘llab-quvvatlash – barqaror rivojlanish omili
янв.21
Deputat nazoratida – tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlik
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Sh.Raxmonov tomonidan tuman Elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi A.Gʻafforovga deputat soʻrovi yuborildi.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Sh.Raxmonov tomonidan tuman Elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi A.Gʻafforovga deputat soʻrovi yuborildi.

“Chaqar” mahallasi hududida “Ochiq budget” loyihasi doirasida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari olib borilib, yangi piyodalar yoʻlaklari hamda suv oʻtkazish latoklari qurilgan.

Biroq, ushbu hududdagi elektr uzatish ustunlari (simyogʻochlar) piyodalar yoʻlagi va latoklar atrofida tartibsiz holatda oʻrnatib ketilgan.

Tartibsiz ustunlar piyodalarning, ayniqsa keksalar, yosh bolalar va imkoniyati cheklangan shaxslarning erkin va xavfsiz harakatlanishini jiddiy cheklamoqda.

Deputat oʻz soʻrovida ushbu masalani qisqa muddatlarda bartaraf etish va aholiga qulaylik yaratish boʻyicha amaliy choralar koʻrilishini soʻradi.