Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
Markaziy dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A. Kulbayev tomonidan tumanning Markaziy dehqon bozoridagi “Elga xizmat” rastalarida aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🔵Deputat savdo rastalaridagi sotuvchilar bilan muloqot qilib, mahsulotlarning bozorga yetkazib berilishi, narxlarni barqaror saqlash hamda aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, ayrim mahsulotlar bo‘yicha narxlar sun’iy oshirilishining oldini olish, ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini doimiy nazoratda ushlash muhimligi ta’kidlandi.

🔵O‘rganish davomida go‘sht, sut va sut mahsulotlari, sabzavot va mevalar, un va yog‘ mahsulotlari kabi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari tahlil qilindi. Shuningdek, mahsulotlarning sifati, savdo jarayonlarining shaffofligi hamda sanitariya holatiga ham alohida e’tibor qaratildi.

🔵Deputatlar tomonidan bozor ma’muriyatiga ayrim mahsulotlar narxlarining asossiz oshirilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, aholiga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlar tomonidan belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4