Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгашининг Фан, таълим ва соғлиқни сақлаш масалалари ҳамда Аграр, сув хўжалиги ва экология масалалари бўйича доимий комиссияларининг навбатдаги қўшма йиғилиши бўлиб ўтди.

Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгашининг Фан, таълим ва соғлиқни сақлаш масалалари ҳамда Аграр, сув хўжалиги ва экология масалалари бўйича доимий комиссияларининг навбатдаги қўшма йиғилиши бўлиб ўтди.

Йиғилишда Халқ депутатлари вилояти Кенгашининг навбатдаги сессияси кун тартибига киритилиши режалаштирилган муҳим ва долзарб масалалар атрофлича муҳокама қилинди. Хусусан, таълим ва соғлиқни сақлаш соҳаларида амалга оширилаётган ислоҳотлар самарадорлиги, аҳолига кўрсатилаётган ижтимоий хизматлар сифатини янада яхшилаш, шунингдек, аграр тармоқдаги устувор вазифалар юзасидан фикр алмашилди.


Йиғилиш якунида кўриб чиқилган масалалар бўйича тегишли хулосалар шакллантирилиб, қарор лойиҳаларини Кенгашнинг навбатдаги сессияси кун тартибига киритиш юзасидан тавсиялар берилди.

---

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari hamda Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, shuningdek, agrar tarmoqdagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha tegishli xulosalar shakllantirilib, qaror loyihalarini Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 8