Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
Mahallalarda muloqot va rivojlanish masalalari muhokama qilindi

Toshkent shahar xokimi Olmazor tumaniga tashrif buyurdi

Kuni kecha Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Olmazor tumaniga tashrif buyurib, tuman xokimi Qudratilla To‘laganov, tuman Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva, mutasaddi tashkilot raxbarlari va tuman faollari bilan birgalikda daraxt ekish aksiya doirasida G‘alaba bog‘i oldidagi alleyada manzarali daraxtlarni ekib, yashil xududlarni ko‘payishiga o‘z xissalarini ko‘shdilar.

So‘ng, mahalla fuqarolari, faollar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ularning taklif va murojaatlari tinglanib, ko‘pi joyida xal etildi. Uchrashuvga tashrif buyurgan fuqarolar shahar va tuman xokimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Tadbir davomida ijtimoiy soha vakillari bilan ham ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda 4-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi hududida investitsiya dasturi doirasida barpo etilayotgan yangi ta’lim tashkilotlarining yangi loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi

.Tadbir yakunida Turin politexnika universitetining majlislar zalida Toshkent shahar xokimining Olmazor tumani aholisi bilan hisobot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, rejalar va asosiy ko‘rsatkichlar haqida ma’lumot berdi. Uchrashuv savol javobga boy bo‘ldi.Ushbu keng ko‘lamli tadbir yangi formatda bo‘lib o‘tdi va barcha tadbir ishtirokchilarida yaxshi taassurot qoldirdi

Slide 1 of 10