Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Madaniyat sohasidagi hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 51-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish holati nazorat qilindi
янв.21
📌 12-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📢 Shovot tumani Ichki ishlar bo‘limi faoliyati yuzasidan deputat so‘rovi
янв.21
📌 38-son maktabda ovqatlantirish sifati va sanitariya talablari nazorat qilindi
янв.21
📌 “Ixtiyor mebel” faoliyati o‘rganildi: yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📌 Madaniyat markazi faoliyati va ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
📌 Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligi masalalari o‘rganildi
янв.21
📌 Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi: yangi elektr sim ustuni o‘rnatildi
Deputat mahallada Mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi va bandlik masalalari tahlil qilindi

 Mahallada yoshlar bilan
ishlash tizimi va bandlik masalalari tahlil qilindi
 

 Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni
tadbirkorlikka jalb etish orqali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh
vaqtlarini mazmunli tashkil etish doimiy e’tiborda.
 

Xalq deputatlari Piskent
tumani Kengashidagi 15-Fayzabod saylov okrugi deputati (XDP Kengashi raisi)
D.Komilova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova tomonidan
Fayzabod mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar
samaradorligi va yoshlar bandligi holati atroflicha o‘rganildi.
 

 O‘rganish davomida quyidagi natijalar tahlil
qilindi:
 

Bandlik va tadbirkorlik:
Mahalladagi yigit-qizlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va
ularning bandligini ta’minlash maqsadida hozirgi kunga qadar 10 nafar yoshga
o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun jami 70 million so‘m miqdorida imtiyozli
kredit mablag‘lari ajratilishi ta’minlangan.
 

Profilaktika ishlari: Bugungi
kunda mahallada 2 nafar yosh profilaktik hisobda («prof uchyot») turadi.
Ularning ijtimoiy moslashuvi va bandligini ta’minlash bo‘yicha yoshlar
yetakchisi va huquq-tartibot organlari hamkorlikda manzilli ish olib bormoqda.
 

Besh tashabbus tadbirlari:
Yoshlarning iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish, ularni sport va madaniyatga keng
jalb etish maqsadida mahallada «Besh muhim tashabbus» doirasidagi
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari tizimli ravishda o‘tkazib
kelinmoqda.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/