Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Madaniyat sohasidagi hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 51-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish holati nazorat qilindi
янв.21
📌 12-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📢 Shovot tumani Ichki ishlar bo‘limi faoliyati yuzasidan deputat so‘rovi
янв.21
📌 38-son maktabda ovqatlantirish sifati va sanitariya talablari nazorat qilindi
янв.21
📌 “Ixtiyor mebel” faoliyati o‘rganildi: yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📌 Madaniyat markazi faoliyati va ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
📌 Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligi masalalari o‘rganildi
янв.21
📌 Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi: yangi elektr sim ustuni o‘rnatildi
#Huquqiy_axborot_soati

#Huquqiy_axborot_soati

Kengash doimiy komissiyasining vakolatlari

Kengash doimiy komissiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini samarali tashkil etish va nazorat qilishda muhim o‘rin tutadi.
Uning asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:

Doimiy komissiya o‘z yo‘nalishi bo‘yicha masalalarni o‘rganadi, tahlil qiladi va Kengash sessiyasi muhokamasiga tegishli takliflar kiritadi.

Qabul qilingan qarorlarning ijrosini nazorat qilish jarayonlarida faol ishtirok etadi.

Davlat organlari, korxona va tashkilotlardan zarur ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash huquqiga ega.

Mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitadi hamda ularning faoliyati yuzasidan baholash ishlarini amalga oshiradi.

Aholi manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylarda o‘rganishlar olib boradi.

Aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli takliflar va tavsiyalar tayyorlaydi.

Slide 1 of 1