Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
👮 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌱 Yoshlarning tadbirkorlik faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
🛣 Bo‘ston mahallasidagi ichki yo‘l va elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
🏢 Ko‘p kvartirali uylarning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Yoshlar yetakchisi faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
🛣 Bo‘ston mahallasidagi murojaat joyida o‘rganildi
янв.21
🏛 Navbatdagi sessiya oldidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 2026-yil 29–30-iyun hamda 1–2–3-iyul kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi ishlab chiqildi.
янв.21
📊 SHOVOT TUMANIDAGI SANOAT ZONALARI: RIVOJLANISH VA IMKONIYATLAR
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi matbuot xodimlarini tabriklaydi
Mahalliy Kengashlar faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik va deputatlik nazorati masalalari muhokama qilindi.

Mahalliy Kengashlar faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik va deputatlik nazorati masalalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi hamkorligida “Mahalliy Kengashlar faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik va deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda mahalliy Kengash deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda ekspertlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish, hududlarda mavjud muammolarni jamoatchilik bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, viloyat Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Gennadiy Kravchenya, viloyat Kengashi deputatlari Mehri Narbasheva hamda Bibixol Karimovalar deputatlik faoliyati davomida amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasidagi tajribalari haqida ma’ruza qildi.

Tadbir yakunida mahalliy Kengashlar faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni rivojlantirish, deputatlik nazoratining ta’sirchan mexanizmlarini keng joriy etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1