Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🟦⚖️ AHOLI MUROJAATLARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
📚 “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
🏥 MAKTABLARDA TIBBIYOT XAMSHIRALARI UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
📍 Shovot tumanida yoshlar bilan profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
📍 SHOVOT TUMANIDA MAKTABLARDA SOG‘LOM OVQATLANISH TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 18-22-may kunlari hududlarda quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan: 18-may
янв.21
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
🏟 2-son sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🥗 25-son maktabda ovqatlantirish sifati o‘rganildi
янв.21
🍽 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi
Deputat tomonidan tibbiyot muassasasidagi holat o‘rganildi

Deputat tomonidan tibbiyot muassasasidagi holat o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 20-Yangi hayot saylov okrugidan saylangan deputat Ch.Normo‘minov “Yangi hayot” mahallasida joylashgan 40-sonli Qishloq oilaviy poliklinikasida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar bilan ishlash tizimi hamda bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi. Shuningdek, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiyot xodimlarining faoliyati va mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat olib borildi.

Deputat tomonidan aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.


Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#Ch_Normominov

Slide 1 of 2