Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Madaniyat sohasidagi hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 51-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish holati nazorat qilindi
янв.21
📌 12-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📢 Shovot tumani Ichki ishlar bo‘limi faoliyati yuzasidan deputat so‘rovi
янв.21
📌 38-son maktabda ovqatlantirish sifati va sanitariya talablari nazorat qilindi
янв.21
📌 “Ixtiyor mebel” faoliyati o‘rganildi: yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📌 Madaniyat markazi faoliyati va ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
📌 Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligi masalalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi: yangi elektr sim ustuni o‘rnatildi
“Shodlik” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

“Shodlik” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

🔵Xalq deputatlari tuman Kengashiga 13-Shodlik saylov okrugidan saylangan deputat N.Alimovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tomonidan “Shodlik” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

⏺O‘rganish davomida mahalla hududini rivojlantirish, aholi muammolarini samarali hal etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.

⏺Mahalla yettiligi tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, murojaatlar bilan ishlash tizimi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar hamda aholi bilan muloqot jarayonlari ko‘zdan kechirildi. O‘rganish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish, mahalla tizimi faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan hamkorlikda ishlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#A_Mamarajabov_N_Alimov

Slide 1 of 2