Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
“AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA AMALIY MULOQOT”

“AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA AMALIY MULOQOT”

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Muqaddas Raxmatova hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov Navoiy shahrida joylashgan tibbiyot birlashmasida bo‘ldilar.

Tashrif davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda sohaga oid dolzarb masalalar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

Uchrashuv jarayonida sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, aholiga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishni kengaytirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanganidek, inson salomatligini asrash, tibbiyot muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda aholining tibbiy xizmatlardan rozi bo‘lish darajasini oshirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 5