Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🥗 25-son maktabda ovqatlantirish sifati o‘rganildi
янв.21
🍽 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi
янв.21
📌 Oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 Mahallalarda “Temir daftar” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
🌿 15-may — Xalqaro oila kuni muborak!
янв.21
🍽📚 Maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
🟢 Deputatlik so‘rovi: Yo‘l xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
🟢 Shovot tumanida savdo shoxobchalari faoliyati sanitariya talablari asosida o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏗️ Sherobod tumanida maktabgacha ta’lim muassasasini rekonstruksiya qilish loyihasi o‘rganildi

👥 Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Boyqulov, viloyat Kengashi deputatlari Sh. Xolliyeva, M. Narbasheva hamda Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov ishtirokida Sherobod tumani “Kattabog‘” MFY hududida joylashgan 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishildi. 

🏢✨ Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qarori asosida amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida mavjud eski 90 o‘rinli bino o‘rnida zamonaviy talablarga mos, qulay va shinam yangi 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi qurilishi rejalashtirilgan. 

✅ Tashrif davomida qurilish ishlari jarayoni ko‘zdan kechirilib, obyektda olib borilayotgan ishlarning sifati, qurilish sur’ati hamda belgilangan muddatlarga amal qilinishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. 

Slide 1 of 4