Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
Navoiy shahridagi 16-sonli maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Navoiy shahridagi 16-sonli maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudaykulova Nargiza Gaybulloyevna joriy yilning 30-aprel kuni Navoiy shahridagi 16-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari, xususan, sababsiz dars qoldirayotgan hamda muammoli yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilar o‘rtasida ta’limga bo‘lgan mas’uliyatni oshirish, dars qoldirish holatlarining oldini olish hamda yoshlar muammolarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Tadbirda maktab ma’muriyati, o‘qituvchilar, mahalla faollari va ota-onalar ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarga sababsiz dars qoldirishning salbiy oqibatlari, bilim olishning ahamiyati va kelajakda kasb tanlashda ta’limning o‘rni haqida tushuntirishlar berildi. 

Shuningdek, yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ijtimoiy muammolarini hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘quvchilar tomonidan bildirilgan fikr va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda zarur choralar belgilandi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nazoratga olingan yoshlar bilan individual ishlash zarurligi ta’kidlandi.

Deputat o‘z nutqida har bir yoshning bilimli bo‘lib voyaga yetishi jamiyat taraqqiyoti uchun muhim omil ekanini qayd etib, bu borada barcha mas’ullar hamkorlikda tizimli ish olib borishi lozimligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish va muammolarini bartaraf etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 3