Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
Haftalik faoliyat tahlil qilindi.

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi kotibiyat mudiri Sh.Karimov tomonidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazilib, unda hududiy Kengash kotibiyatlarining haftalik faoliyati atroflicha va tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqildi. 

Yig‘ilish hafta davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, erishilgan natijalar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham ochiq muhokama etildi.

Mazkur yig‘ilishda Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda bosh mutaxassislar Z.Yakubova va N.Akbarova Zoom platformasi orqali ishtirok etdilar.

Yigʻilishda kotibiyatlar faoliyatini yanada takomillashtirish, ish jarayonlarida tizimlilikni kuchaytirish, hujjatlar bilan ishlash sifatini oshirish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish va kelgusi haftada ishlarni yanada samarali tashkil etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati ham mazkur vazifalardan kelib chiqib, faoliyat samaradorligini oshirish, belgilangan topshiriqlarni to‘liq va o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettiradi.

Slide 1 of 3