Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
♻️ Shovot tumanida ekologik nazorat va sanitariya-tozalik ishlari o‘rganildi
янв.21
♻️ Shovot tumanida chiqindilarni boshqarish tizimi va ekologik barqarorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
♻️ Shovot tumanida chiqindilarni yig‘ib olish jarayoni o‘rganildi
янв.21
♿️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar qo‘llanilishi o‘rganildi
янв.21
🏃‍♂️ Shovot tumanida sport obyektlaridagi sharoitlar va imkoniyatlar o‘rganildi 🏅
янв.21
📌 MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏃‍♂️ Shovot tumanida sog‘lom turmush tarzi va sportni rivojlantirish ishlari o‘rganildi 🏅
янв.21
NORMATIV-HUQUQIY TUSDAGI QARORLARNI QABUL QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
Deputat murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J. Quriyazov tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosining tuman hokimligida bajarilishi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokimlikda qonun talablariga muvofiq barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgani aniqlandi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan murojaatlar soni 16 taga (215 tadan 199 taga) yoki 8 foizga kamaygan. Shuningdek, hokimlikka kelib tushgan 136 ta murojaatning 112 tasi, ya’ni 82 foizi ijobiy hal etilgan.

Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Deputat tomonidan kelgusida takroriy va dublikat murojaatlarning oldini olish maqsadida nazoratni kuchaytirish, xodimlarning qonun mazmuni va mohiyati bo‘yicha bilimini oshirish uchun o‘quv seminarlarini tashkil etish, rag‘batlantirish va intizomiy choralarni qo‘llash yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2