Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
Salomatlik — eng katta boylik: “Iftixor” MFYda keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etild

Salomatlik — eng katta boylik: “Iftixor” MFYda keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etildi

⭐️ “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Kosonsoy tumani “Iftixor” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan keng qamrovli tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

⭐️Mazkur tibbiy ko‘rikda Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi raisi Solijon Mo'minov hamda tuman deputatlari ishtirok etib, jarayon bilan yaqindan tanishdilar va aholiga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.

⭐️Tibbiy ko‘rikka markazdan malakali mutaxassis shifokorlar jalb qilinib, aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatildi. 

Xususan, fuqarolar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tekshiruvdan o‘tdilar:

— endokrinolog

— mamolog

— ginekolog

— kardiolog

— terapevt

— nevropatolog

— onkolog

— gastroenterolog

— oftalmolog

— LOR (otolaringolog)

⭐️Tekshiruvlar aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida ko‘chma tibbiy avtobuslarda tashkil etildi. Bu esa chekka hududlarda yashovchi fuqarolarga ham sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkonini berdi.

✨ Shuningdek, ayollar uchun alohida e’tibor qaratilib, ular mammografiya, EKG, UZI kabi zamonaviy tibbiy diagnostika xizmatlaridan ham bepul foydalanish imkoniga ega bo‘lishdi. Bu esa kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 5