Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati tomonidan Navbahor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 12-Qodiriy saylov okrugi deputati Qo‘ziyeva Shoira Navbahor mahallasida o‘rganish ishlarini amalga oshirdi. Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyat mudiri Raximqulov Jamshid ham ishtirok etdi. O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar faolligi, ularning bandligi, ijtimoiy faolligi hamda ijtimoiy xodim faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Xususan, xotin-qizlar faollari bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularni qo‘llab-quvvatlash,kasb-hunar o‘rgatish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar holati o‘rganildi.Ijtimoiy xodim Irgasheva Nigora tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yil davomida ijtimoiy reyestrga 30 nafar fuqarolar kiritilgan bo‘lib, ularning 15 nafari “Kelajakka qadam” markaziga muntazam qatnab kelmoqda. Shuningdek, “Yoshlar daftari” doirasida 3 nafar oilaga moliyaviy ko‘mak ajratilib, ularning farzandlari o‘quv kurslariga qatnashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilganligi qayd etildi. O‘rganish jarayonida mahalladagi obodonlashtirish ishlari ham ko‘zdan kechirilib, hududni yanada rivojlantirish, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati deputata tomonidan o‘rganildi. Mazkur o‘rganishlar mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, xotin-qizlar faolligini oshirish, ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini kuchaytirish hamda aholi muammolarini joyida hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1