Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi 3-Gilambob saylov okrugi deputati Mavlonova Rano tomonidan Gilambob mahallasi hududida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida nazorat-tahlil ishlari olib borildi. Mazkur nazorat tahlillari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi Choriyeva Mahliyo bilan hamkorlikda tashkil etildi Nazorat jarayonida muassasadagi hamshira Toshboyeva Jumbul bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, haqida ma'lumotlaf berdi. Sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, tibbiy xizmat sifati ham atroflicha o‘rganildi. Xususan, muassasa hamshirasi tomonidan bolalar salomatligini saqlash, sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilish hamda doimiy tibbiy nazoratni yo‘lga qo‘yish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Deputat tomonidan bolalarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish holati, mavjud dori-darmonlarning sifati va saqlanish sharoitlari alohida nazoratdan o‘tkazildi. Shuningdek, muassasa rahbariyatining o‘rinbosari bilan o‘tkazilgan suhbat davomida bolalarga yaratilgan qulay muhit, tarbiya va ta’lim jarayonining tashkil etilishi yuzasidan batafsil maʼlumotlar olindi. Bundan tashqari, bolalarning kunlik ovqatlanish ratsioni ham ko‘zdan kechirilib, uning belgilangan me’yorlarga muvofiqligi tahlil qilindi. Mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti 120 o‘rinli bo‘lib, 4 ta guruh asosida faoliyat yuritayotgani qayd etildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha deputat tomonidan muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, bolalar salomatligi va xavfsizligini ta’minlash, yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 1