Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
IJTIMOIY XIZMATLAR TASHKIL ETILISHI VA MANZILLI YORDAM HOLATI OʻRGANILDI

 IJTIMOIY XIZMATLAR TASHKIL ETILISHI VA MANZILLI YORDAM HOLATI OʻRGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Sayfidinov, kotibiyat bosh
mutaxassisi M.Toʻxtasinov hamda “MADAD” NNT tuman vakili X.Qodirovlar tomonidan
Quva mahalla fuqarolar yigʻinida ijtimoiy xodim tomonidan 2026-yilning birinchi
choragida aholiga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha tashkil etilgan
ishlar holati, koʻrsatilgan xizmatlar, ehtiyojmand oilalarni manzilli
qoʻllab-quvvatlash hamda xizmatlar sifatini oshirish borasida amalga oshirilgan
ishlar holati tahlil qilindi. 

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad — mahallada ijtimoiy xizmatlarning toʻgʻri tashkil
etilganligini baholash, ehtiyojmand oilalarga koʻrsatilayotgan xizmatlar va
manzilli yordamlarning sifati va samaradorligini aniqlash orqali masʼullar
faoliyati samaradorligini yanada oshirishdan iborat boʻldi. 

Shuningdek, deputat mahalla raisi, ijtimoiy xodim ishtirokida ehtiyojmand oilalar
xonadonlariga manzilli borib, ularning holidan xabar oldi va masʼullar
tomonidan ularga koʻrsatilayotgan xizmat va yordamlar yuzasidan fikr-mulohazalarini
oʻrgandi. 

Oʻrganishlar yakunida aniqlangan kamchilik va muammolarni
bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan
masʼullarga tegishli koʻrsatma va amaliy tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 4