Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🥗 25-son maktabda ovqatlantirish sifati o‘rganildi
янв.21
🍽 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi
янв.21
📌 Oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌿 15-may — Xalqaro oila kuni muborak!
янв.21
📌 Mahallalarda “Temir daftar” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
🍽📚 Maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
🟢 Deputatlik so‘rovi: Yo‘l xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
🟢 Shovot tumanida savdo shoxobchalari faoliyati sanitariya talablari asosida o‘rganildi
DEPUTAT NAZORATI

 Shu maqsadda hududda infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, elektr energiyasi va boshqa kommunal xizmatlar sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi. 

Mazkur o‘rganish tadbiri Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati, tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Xujanov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Mengnarova Zarifa Toshpo‘latovna hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirokida “Qorliq” mahallasida olib borildi. 

O‘rganish jarayonida mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan:  

  • hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish,  
  • ichki yo‘llar va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini saqlash va ta’mirlash,  
  • aholi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish,  
  • kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash,  
  • jamoatchilik nazoratini tashkil etish va fuqarolar yig‘ini faoliyatini muvofiqlashtirish kabi yo‘nalishlar atroflicha tahlil qilindi.  

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, infratuzilma obyektlari holatini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga aniq tavsiya va topshiriqlar berildi. Deputatlik nazorati davom ettirilib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qat’iy monitoring olib borilishi qayd etildi. 

  Deputat xalq manfaatlari yo‘lida xizmatda! 

  ✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

Slide 1 of 5