Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🥗 25-son maktabda ovqatlantirish sifati o‘rganildi
янв.21
🍽 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi
янв.21
📌 Oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌿 15-may — Xalqaro oila kuni muborak!
янв.21
📌 Mahallalarda “Temir daftar” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
🍽📚 Maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
🟢 Deputatlik so‘rovi: Yo‘l xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
🟢 Shovot tumanida savdo shoxobchalari faoliyati sanitariya talablari asosida o‘rganildi
Tibbiyotda shaffoflik va adolat: Prezident farmoni ijrosi deputat nazoratida

Tibbiyotda shaffoflik va adolat: Prezident farmoni ijrosi deputat nazoratida

Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash, joylarda qonunchilik hujjatlarining bajarilishini o‘rganish hamda tizimli muammolarni aniqlash maqsadida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Gapparov Husniddin Shaxriddinovich tomonidan Navoiy shahar markaziy shifoxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida, avvalo, tibbiyot muassasasida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shifoxonada bemorlarni qabul qilish tizimi, navbatlarni boshqarish, dori-darmonlar ta’minoti, pullik va bepul xizmatlar o‘rtasidagi aniq chegaralarning mavjudligi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning xizmat faoliyatida uchrayotgan muammolar, korrupsiyaga olib keluvchi omillar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflari o‘rganildi. Fuqarolar bilan muloqot jarayonida esa ularning tibbiy xizmatlardan foydalanishdagi fikr-mulohazalari tinglandi.

O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, shifoxonada so‘nggi yillarda bir qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ayrim yo‘nalishlarda hali ham tizimli kamchiliklar mavjud. Xususan, ayrim hollarda xizmat ko‘rsatish jarayonida ortiqcha byurokratik to‘siqlar, axborot yetishmovchiligi hamda nazorat mexanizmlarining yetarli darajada ishlamayotgani kuzatildi.

Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi. Jumladan, shifoxonada raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, bemorlar uchun qulay va shaffof xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish, ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish hamda xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, deputat nazorati doirasida mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga deputatlik so‘rovi yuborilishi ham rejalashtirilmoqda.

Zero, Prezidentimiz Farmonida belgilangan vazifalarning to‘liq va samarali ijrosi jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Deputatlik nazorati esa ushbu jarayonlarning ochiq, shaffof va samarali kechishini ta’minlovchi muhim omillardan biridir.

Slide 1 of 6