Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏟 2-son sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🥗 25-son maktabda ovqatlantirish sifati o‘rganildi
янв.21
🍽 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi
янв.21
📌 Oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 Mahallalarda “Temir daftar” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
🌿 15-may — Xalqaro oila kuni muborak!
янв.21
🍽📚 Maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
🟢 Deputatlik so‘rovi: Yo‘l xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
Xabibulla Akilov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Xabibulla Akilov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga 6–Sarbon saylov okrugidan saylangan deputat Xabibulla Akilov Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Al-Farobiy” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.

📝 Unda “Madad” NNT vakili Ubaydulla Qarshiboyev, tuman Kengashi deputati Elmurod Amirov, tuman tibbiyot birlashmasi mas’ullari, mahalla raislari hamda kommunal xizmatlar va yo‘l qurilishi tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

📁 Deputat o‘z axborotida hisobot davrida aholi bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari o‘rganilgani va amaliy yechimlar ishlab chiqilganini ta’kidladi. Shuningdek, u Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sessiyalarida hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy muammolarni hal etish va fuqarolar murojaatlarini tizimli ko‘rib chiqish yuzasidan qator takliflar ilgari surganini qayd etdi.

📉 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash, aholini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, tibbiy madaniyatni oshirish, yo‘l infratuzilmasidagi muammolarni bartaraf etish kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi. Mazkur masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan muhokamalar o‘tkazilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.

💡 Shuningdek, uchrashuv doirasida Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Elmurod Amirov tomonidan ham “Al-Farobiy” mahalla faollari bilan muloqot o‘tkazildi. Unda kommunal xizmatlar, hududni obodonlashtirish hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan fuqarolar murojaatlari tinglandi. Bildirilgan muammolar mutasaddi tashkilotlar va “mahalla yettiligi” vakillari bilan hamkorlikda joyida hal etish choralari ko‘rib chiqildi hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi nuroniylar ishtirokida muhokama qilindi.

🔺 Yig‘ilish yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar yuzasidan tegishli tartibda ishlar tashkil etilishi, ularning ijrosi ustidan deputatlik nazorati o‘rnatilishi alohida ta’kidlandi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 9