Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 29-son maktabda ovqatlanish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 1-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoringi davom etmoqda
янв.21
📄 Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha deputatlik nazorati
янв.21
📢 Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish
янв.21
🌿 O‘simliklarni himoya qilish sohasida deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda
янв.21
Deputat soʻrovi: Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi boʻyicha 11 ta hududiy dastur ijrosi nazoratga olindi
янв.21
🚶‍♂️📢 Deputat tomonidan joyiga chiqib murojaat o‘rganildi
янв.21
🍽 Doimiy komissiya tomonidan maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
🍽 37-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
Deputat nazorati

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputatlari Asadullayev Davron Ravshan oʻgʻli, Islamova Dildora Shavkatovna, Tuykulova Nodira Mirsobitovna, Umarov Abdulvoris Abduraximovich va Mirkomilov Miraziz Nodirovichlar tomonidan Toshkent shahar 1-son perinatal markazida onalar va bolalarni muhofaza qilish ular o'rtasida yuzaga keladigan kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolash tizimini tashkil etish maqsadida yangi barpo etilayotgan shifoxona binosida olib borilayotgan ishlar o'rganildi. 

O'rganish jarayonida sog‘lom avlodni tarbiyalash har bir jamiyatning ustuvor vazifasi hamda 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan islohotlar doirasida onalar va bolalar salomatligini himoya qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini mustahkamlash muhum ekanligi ta'kidlab o'tildi.

Xususan, deputatlar tomonidan homilador ayollar uchun bepul va sifatli tibbiy xizmatlarni kengaytirish, tugʻruq muassasalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, bolalar salomatligini erta diagnostika qilish tizimini rivojlantirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash juda muhim ekanligiga alohida eʼtibor qaratildi. 

Oʻrganish yakunida onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash yoʻlida ishlarni yanada kuchaytirish va bu borada hamkorlikni mustahkamlash kelishib olindi.

Slide 1 of 1