Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
♻️ Shovot tumanida ekologik nazorat va sanitariya-tozalik ishlari o‘rganildi
янв.21
♻️ Shovot tumanida chiqindilarni boshqarish tizimi va ekologik barqarorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
♻️ Shovot tumanida chiqindilarni yig‘ib olish jarayoni o‘rganildi
янв.21
♿️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar qo‘llanilishi o‘rganildi
янв.21
🏃‍♂️ Shovot tumanida sport obyektlaridagi sharoitlar va imkoniyatlar o‘rganildi 🏅
янв.21
📌 MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏃‍♂️ Shovot tumanida sog‘lom turmush tarzi va sportni rivojlantirish ishlari o‘rganildi 🏅
янв.21
NORMATIV-HUQUQIY TUSDAGI QARORLARNI QABUL QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
Deputat so‘rovi va ijro: “Qahramon” MFYdagi maktab qurilishi – nazoratda

Deputat so‘rovi va ijro: “Qahramon” MFYdagi maktab qurilishi – nazoratda

Xalq deputatlari tomonidan yuborilgan har bir deputatlik so‘rovi ortida aholining uzoq yillik orzu-intilishlari va dolzarb ehtiyojlari mujassam. Termiz tumanidagi “Qahramon” MFY hududida qurilishi rejalashtirilgan 330 o‘rinli zamonaviy maktab hamda 12x24 o‘lchamdagi sport zali loyihasi ana shunday muhim tashabbuslardan biridir.

Mazkur obyekt bo‘yicha qurilish ishlarining kechikayotganligi yuzasidan yo‘llangan deputatlik so‘roviga tuman hokimligi tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.

O‘rganishlar natijasida aniqlanishicha, kechikishning asosiy sababi maktab qurilishi uchun ajratilgan yer maydonining toifasi yaylov ekanligi bilan bog‘liq. Amaldagi tartibga muvofiq, bunday yer uchastkalarida qurilish ishlarini boshlashdan oldin yer fondi toifasini o‘zgartirish talab etiladi. Hozirda ushbu masala bo‘yicha tegishli hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasiga taqdim etilgan bo‘lib, jarayon yakuniy bosqichga yetib kelgan.

Shu bilan birga, yer masalasi hal etilishini kutib turish jarayonida boshqa tashkiliy ishlar ham izchil davom ettirilmoqda:

maktab binosi va sport zalining loyiha-smeta hujjatlari to‘liq ishlab chiqilib, yakunlangan;

qurilish ishlarini amalga oshiruvchi pudrat tashkilotini aniqlash maqsadida tender savdolari rasman e’lon qilingan.

Mazkur loyiha deputatlar tomonidan doimiy nazoratga olingan. Yer masalasi ijobiy hal etilishi bilan qurilish ishlarini tezkor boshlash, jarayonni jadallashtirish va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha barcha choralar ko‘riladi.

Eng muhimi, ushbu muhim ijtimoiy obyektning barpo etilishi hudud aholisi, ayniqsa yoshlar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4