Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Mardanova Shaxlo tomonidan Boylata mahallasida mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla xotin-qizlar faoli Islamova Munira tomonidan joriy yilning I choragida 95 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgani aniqlandi.
Shundan:
🔹 47 nafari — ijtimoiy himoyaga muhtoj va ishsiz;
🔹 10 nafari — tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida;
🔹 2 nafari — uy-joyini ta’mirlashga muhtoj;
🔹 13 nafari — tibbiy va psixologik yordamga muhtoj;
🔹 23 nafari — huquqiy yordamga ehtiyojmand xotin-qizlar sifatida ro‘yxatga olingan.
O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish hamda muammolarini bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🤝 Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish mahallalarda olib borilayotgan ishlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)