Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Shovot tumanida birlamchi tibbiy xizmatlar faoliyati amaldagi qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
MUAMMOLI HOLAT BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
🏆 Yoshlar intellektual salohiyati – e’tirof etildi
янв.21
📌 𝗠𝗔𝗛𝗔𝗟𝗟𝗔𝗗𝗔 𝗧𝗜𝗕𝗕𝗜𝗬 𝗫𝗜𝗭𝗠𝗔𝗧 𝗦𝗜𝗙𝗔𝗧𝗜 𝗩𝗔 𝗔𝗬𝗢𝗟𝗟𝗔𝗥 𝗦𝗔𝗟𝗢𝗠𝗔𝗧𝗟𝗜𝗚𝗜𝗡𝗜 𝗠𝗨𝗦𝗧𝗔𝗛𝗞𝗔𝗠𝗟𝗔𝗦𝗛
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI YO‘LLANDI
янв.21
📊 SHOVOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat e’tiborda!
янв.21
📊 IJTIMOIY SOHA VA XOTIN-QIZLAR YO‘NALISHIDAGI ISHLAR TAHLILI
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
💧 SHOVOTDA ICHIMLIK SUVI MUAMMOSI HAL ETILDI
Deputat va tibbiyot xodimlari uchrashuvi

 Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati G.Soliyeva o‘z saylov okrugida aholi salomatligini mustahkamlash, ayniqsa xotin-qizlar salomatligini muhofaza qilish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida hududdagi
qishloq vrachlik punktiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida deputat tibbiyot muassasasi xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, reproduktiv salomatlikni asrash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish zarurligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, deputat tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida hududdagi 14-sonli umumta’lim maktabining bitiruvchi sinf qizlari uchun ma’naviy-ma’rifiy va tibbiy profilaktik yo‘nalishdagi uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda yosh qizlarga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, erta nikohning salbiy oqibatlari hamda reproduktiv salomatlik masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. 

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan berilgan tavsiyalar yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi. Bu kabi uchrashuvlar yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Deputat tomonidan bildirilgan fikr va takliflar asosida kelgusida ham tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikda aholining, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarning salomatligini mustahkamlashga qaratilgan tizimli ishlarni davom ettirish belgilab olindi.  

Slide 1 of 4