Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🥗 25-son maktabda ovqatlantirish sifati o‘rganildi
янв.21
🍽 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi
янв.21
📌 Oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 Mahallalarda “Temir daftar” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
🌿 15-may — Xalqaro oila kuni muborak!
янв.21
🍽📚 Maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
🟢 Deputatlik so‘rovi: Yo‘l xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
🟢 Shovot tumanida savdo shoxobchalari faoliyati sanitariya talablari asosida o‘rganildi
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida muhandislik ta’limiga yangicha yondashuv.

📱Bugun Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi E.Jurayev tumandagi 44-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, u yerda yangi tashkil etilgan "Muhandislik laboratoriyasi" faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🚨Tashrif davomida:

✅ Laboratoriyadagi zamonaviy texnik jihozlar ko‘zdan kechirildi;

✅ O‘quvchilarning texnik ijodkorligi va muhandislik qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi;

✅ Kelgusida ushbu laboratoriya imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda yoshlarni ixtirochilikka yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

✅"Maqsadimiz — yoshlarimizga faqat nazariy bilim berish emas, balki ularni zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashga, amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan yetuk kadrlar qilib tarbiyalashdir," — dedi tuman Kengashi raisi.

🚨Mazkur laboratoriya yosh avlodning zamonaviy ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish va kelajak muhandislarini kashf etish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 5