Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
👮 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌱 Yoshlarning tadbirkorlik faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
🛣 Bo‘ston mahallasidagi ichki yo‘l va elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
🏢 Ko‘p kvartirali uylarning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Yoshlar yetakchisi faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
🛣 Bo‘ston mahallasidagi murojaat joyida o‘rganildi
янв.21
🏛 Navbatdagi sessiya oldidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 2026-yil 29–30-iyun hamda 1–2–3-iyul kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi ishlab chiqildi.
янв.21
📊 SHOVOT TUMANIDAGI SANOAT ZONALARI: RIVOJLANISH VA IMKONIYATLAR
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi matbuot xodimlarini tabriklaydi
AHOLIGA QULAYLIK: KENGASH QARORI BILAN PARKENTDAGI KO‘P QAVATLI UYLAR YANGI QIYOFA KASB ETADI.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-son qaroriga asosan: Ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va tutash hududlarni obodonlashtirish yo‘nalishida markazlashgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalar bo‘yicha takliflar uchun belgilangan manbalardan mablag‘ ajratish ishlari xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarida muhokama qilinib, faqatgina ularning qarori bilan ma’qullangandan keyin amalga oshirilishi mumkinligi belgilab qo`yilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi tomonidan 2026-yil 2-aprelda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada
takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-48-sonli Qarori ijrosi to‘g‘risida”gi VII-22-16-10-141-K/26-sonli qarori tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq Parkent tumani “Oydin” MFYda 1 ta zamonaviy bolalar maydonchasi qurish hamda 1 ta ko`p qavatli uyga 4 ta zamonaviy temir eshiklar o`rnatish, “Fayzobod” MFY da 1 ta ko`p qavatli uyning 490 m2 tom qismini mukammal ta’mirlash, “Istiqbol” MFY da “Yashil bog`” tashkil etish va 3 ta ko`p qavatli uylarning 10 ta kirish yo'laklarini mukammal ta’mirlash, “Said-ota” MFY da 3 ta ko`p qavatli uylarning eski fromuga oynalarini plastik romlarga almashtirish, “Quyosh” MFY da 3 ta ko`p qavatli uylarning 300 p/m irrigatsiya tarmoqlarini ta'mirlash va 6 ta ko`p qavatli uylarning 1000 m2 yo'laklami betonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. 

Slide 1 of 5