Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏟 Ipakchi mahallasida sport infratuzilmasi va yoshlar siyosati ijrosi o‘rganildi!
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI QARORI
янв.21
🩺 BIRLAMCHI TIBBIY XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
Paxtakor mahallasida maktab faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 TA’LIM TIZIMIDA E’TIROF VA RAG‘BAT — YUKSAK NATIJALAR GAROVI
янв.21
🏛 DEPUTAT QABULI
янв.21
FUQAROLARGA BEPUL HUQUQIY MASLAHATLAR
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi qonuni
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI TOMONIDAN 27-APREL – 1-MAY KUNLARI HUDUDLARDA O‘TKAZILADIGAN TADBIRLAR REJASI
янв.21
📊 HAFTALIK DAYJEST Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi faoliyati (20–24-aprel)
Deputat mutasaddilar bilan hududda sayyor qabul olib bordi

Deputat mutasaddilar bilan hududda sayyor qabul olib bordi

 Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyatining 30-mart 3-aprel kunlariga belgilangan "Haftalik ish rejasi"ga muvofiq,  6-"Olimpiya" okrugi deputati Shomansurov Temur Shaalimovich “Olimpiya” mahallasida tuman mutasaddilari bilan birgalikda navbatdagi sayyor qabulini oʻtkazdi. Unda 21-"Namuna" okrugi deputati D.Raxmatullayev va bosh mutaxassis U.Shopotixov ishtirok etdi.

 Qabul avvalida deputat mahalla yettiligi a’zolari bilan muloqot o‘tkazib, mahallada uchrayotgan muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish choralari yuzasidan fikr almashdi. Ochiq muloqot davomida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush sharoitini yanada yaxshilashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

 Qabul jarayonida fuqarolardan biri sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat qilgan bo‘lib, unga mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish doirasida joriy etilayotgan yangiliklar, xususan, aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, bepul dori-darmonlar ta’minoti hamda davolanish jarayonida qo‘llanilayotgan yangi mexanizmlar haqida tushuntirishlar berildi. 

 Shuningdek, murojaatchini tegishli oilaviy poliklinika tomonidan muntazam tibbiy nazoratga olish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. Xalq vakili o‘z nutqida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borish, ularning muammolarini joyida o‘rganish hamda imkon qadar tezkor yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.

Shu bilan birga, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, hududlarda yoshlar bandligini ta’minlash, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilma va kommunal xizmatlar holatini yaxshilash, shuningdek jinoyatchilikning oldini olish kabi masalalar doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.

 Yakunda bunday sayyor qabullar aholi murojaatlarini bevosita joyida o‘rganish, ularning muammolariga tezkor va manzilli yechim topish hamda inson manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi hamda nuroniy fuqarolar deputatlarga muvaffaqiyatlar tilab duolar qilishdi.

Slide 1 of 9