Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏟 2-son sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🥗 25-son maktabda ovqatlantirish sifati o‘rganildi
янв.21
🍽 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi
янв.21
📌 Oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 Mahallalarda “Temir daftar” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
🌿 15-may — Xalqaro oila kuni muborak!
янв.21
🍽📚 Maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
🟢 Deputatlik so‘rovi: Yo‘l xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
#Deputat_sorovi Sug‘orish tarmoqlaridagi muammolar yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligiga deputat so‘rovi yuborildi

#Deputat_sorovi

Sug‘orish tarmoqlaridagi muammolar yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligiga deputat so‘rovi yuborildi

 Kattaqo‘rg‘on tumanining Melixo‘ja, Yangiqo‘rg‘oncha, Sho‘rak, Uyshun va Alijon mahallalari hududidan o‘tuvchi sug‘orish tarmoqlarining texnik holati bugungi kunda jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.

✅ Xususan, mazkur hududdagi sug‘orish tarmoqlarini soz holatda saqlash, o‘z vaqtida ta’mirlash va tiklash ishlari yetarli darajada amalga oshirilmayotgani aholi hamda fermer xo‘jaliklari uchun noqulaylik tug‘dirmoqda.

💠 Ma’lumotlarga ko‘ra, sug‘orish tarmog‘ining qariyb 10 km qismi qum va loyqa cho‘kindilari bilan qoplanib qolgan. Texnik xizmat ko‘rsatilmaganligi sababli 8 ta fermer xo‘jaligi va 2000 ga yaqin aholi xonadonlari mazkur tarmoqdan samarali foydalana olmayapti.

👍 Natijada ekin maydonlarini sug‘orishda uzilishlar yuzaga kelib, qishloq xo‘jaligi mahsuldorligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

👍 Mazkur muammo yuzasidan deputat tomonidan tegishli tashkilotlarga rasmiy so‘rov yuborildi. Unda ushbu sug‘orish tarmog‘ini belgilangan tartibda o‘rganib chiqish, tozalash va ta’mirlash ishlarini tashkil etish hamda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.

✅ Shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq, deputat so‘roviga belgilangan muddatlarda javob taqdim etilishi lozimligi eslatib o‘tilgan.Ushbu masalaning ijobiy hal etilishi hudud aholisi va fermer xo‘jaliklari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

✅@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1