Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
DEPUTAT O`Z HUDUDIDA KENG QAMROVLI IShLAR NAZORATINI AMALGA OShIRMOQDA

 2025 yili davlatimiz rahbarining Andijonga tashrifi munosabati bilan xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputatlari tomonidan bildirilgan taklifga asosan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabr kungi "2025-2028 yillarda O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzulmasini rivojlantirish chora- tadbirlari to`g`risida"gi PK 393-sonli qarori qabul qilinib, Jalaquduq tuman markazida ichimlik suvi tarmoqlarini
yangilash hamda suv yig`ish inshoatini rekonstrutsiya qilish belgilab berildi.
Ushbu qaror ijrosini tumanda amalga oshirilishini o`rganish uchun hudud deputati, tuman Kengashi raisi Sh.Hayitoxunov hamda Kotibiyat mudiri I.Jo`raevlar Guliston mahalla fuqarolar yig`inida bo`lishdi. 2025-yil dekabr oyida boshlangan suv yig`ish inshoati qurilishini Andijon Tezkor qurilish Mas`uliyati cheklangan jamiyat ishchi-xizmatchilari amalga oshirmoqda. Qurilish ishlarini quruvchilar shu yil 31-may kuniga qadar yakunlash va foydalanishga topshirishni rejalashtirgan. Ushbu suv
inshoati ishga tushirilishi munosabati bilan tumandagi Guliston, Namuna, Bozorboshi, O`roqchitepa va boshqa o`ndan ziyod mahalla fuqarolar yig`inlarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning toza ichimlik suviga bo`lgan talabi yuz foyizga ta`minlanadi. Eski, yaroqsiz bo`lgan suv tarmoqlari tubdan yangilinadi.
-Bugungi kunda mahalla yig`inlaridagi ko`chalar, aholi yashash manzillarida yangi suv tarmog`ini tortish ishlari jadallashtirilgan. Bizga berilgan imkoniyatlardan foydalanib aholining og`irini tezroq yengil qilish payidan bo`lyapmiz –deydi deputat bilan suhbatda Andijon Tezkor qurilish mas`uliyati cheklangan jamiyat ish yurituvchisi Doniyorbek O`rinboev.  

Slide 1 of 5