Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏟 2-son sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🥗 25-son maktabda ovqatlantirish sifati o‘rganildi
янв.21
🍽 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi
янв.21
📌 Oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 Mahallalarda “Temir daftar” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
🌿 15-may — Xalqaro oila kuni muborak!
янв.21
🍽📚 Maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
🟢 Deputatlik so‘rovi: Yo‘l xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati ishtirokida 2025-yil IV chorak yakunlari bo‘yicha axborot berildi va “mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati ishtirokida 2025-yil IV chorak yakunlari bo‘yicha axborot berildi va “mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Joriy yilning 14-yanvar sanasida Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 30-Chustiy okrugi deputati Baxriddin Nurmatov ishtirokida 2025-yil IV chorak yakunlari bo‘yicha "Chig'atoy-Darvoza" MFYda axborot berildi va “mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda dastlab Prezidentimizning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Xususan, 2026-yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilingani mahallalarda faoliyat olib borayotgan raislar, deputatlar hamda mahalla “yettiligi” oldiga katta va mas’uliyatli vazifalarni yuklashi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, Murojaatnomada belgilab berilgan 6 ta ustuvor vazifaning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga yetkazildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yil IV chorak yakunlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar haqida batafsil axborot berildi. Xususan, chorak davomida mahallada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, 24/7 turistik ko‘chalarni barpo etilishi, xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining sessiyalarida va doimiy komissiyalar faoliyati doirasida ko‘rib chiqilgan masalalar, qabul qilingan qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi. 

Shuningdek, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi, ularning ijrosi, aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar yuzasidan hisobot berildi. Deputat tomonidan ayrim masalalar bo‘yicha kelgusidagi rejalar va 2026-yilda bajarilishi lozim bo’lgan ustuvor vazifalar haqida to’xtalib o’tildi.

Mazkur axborot mahalla fuqarolarini amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlashga qaratilganligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 5