Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
Yangiariq tumanida Xalq deputatlar kengashini doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yangiariq tumanida Xalq deputatlar kengashini doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 

Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi deputatlar xonasida Mahalliy
byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari hamda
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy
komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
 

Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, mas’ul tashkilotlar rahbarlari hamda
deputatlar ishtirok etdi. Kun tartibiga muvofiq, tumanda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish, byudjet tushumlari, Prezident qarorlari ijrosi hamda energiya
resurslaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
 

Xususan, Yangiariq tumanida 2026-yilga belgilangan suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar hamda
noruda qurilish materiallari (sementdan tashqari) uchun belgilangan qat’iy
stavkalarga qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan
axborotlar eshitildi.
 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
25-noyabrdagi PQ-405-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga
oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi
qarori ijrosi, 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli va 18-martdagi PQ-111-sonli
qarorlar, shuningdek yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy
foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya
samaradorligini oshirish bo‘yicha PQ-133-sonli qaror ijrosi yuzasidan
amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
 

Muhokamalar yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, qarorlar
ijrosini kuchaytirish hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini
ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
 

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. 

©️ Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi kotibiyati  

Slide 1 of 5