Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏫 Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida qurilish ishlari holati ko‘rib chiqildi
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi
янв.21
📌 DAVLAT TILIGA HURMAT — SIFATLI XIZMAT -E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha sayyor qabul
янв.21
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIDA
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Umida Fayziyeva 2025-yilning uchinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

 2025-yilning uchinchi choragi doirasida xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashidagi "Bo'stonobod" saylov okrugidan saylangan deputat Fayziyeva Umida Baxramovna mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi hamda mahalla yettiligi ishtirokida navbatdagi deputatlik uchrashuvi va axborot yig‘ilishini o‘tkazdi.

 Uchrashuv davomida deputat uchinchi chorakda amalga oshirgan faoliyati yuzasidan saylovchilarga ochiq, samimiy va shaffof tarzda axborot berdi. Xususan, Olmazor tumani Kengashining sessiyalari hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida ishtirok etib, ularda tuman miqyosida olib borilayotgan islohotlar, farovonligini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilingani haqida ma’lumotlar yetkazildi. Qabul qilingan qarorlar ijrosi, ularning joylardagi amaliy natijalari va deputatlik nazorati ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.

 Shuningdek, deputat saylovchilar murojaatlari asosida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan ijobiy natijalar haqida to‘xtalib o‘tdi. 

 Bundan tashqari, deputat tashabbusi bilan okrug hududidagi 185-sonli maktabda mavjud kommunal va ta’mirtalab masalalar o‘rganilib 

476-DMTT tashkilotida bolalalr uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilib berildi. Shuningdek, “Qichqiriq” mahallasida yoshlar uchun sport maydonida zarur ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda, fuqarolar murojaati ijobiy hal etildi.

Slide 1 of 4