Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Sherzod Botirov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

🔰2025-yil 15-aprel kuni Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Sh.Botirov tomonidan “Kattatepalik” hamda “Yo‘ltushgan” mahalla fuqarolar yig‘inlari saylovchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔰Uchrashuv davomida deputat joriy yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyat mudiri A.Baxramov, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengashi apparat rahbari P.Tojiqulov, tuman Pensiya jamg‘armasi rahbari Sh.Ro‘zi-Qoriyev, shuningdek, “Kattatepalik” hamda “Yo‘ltushgan” MFY raislari va mahalla faollari ishtirok etdilar.

🔰Uchrashuv davomida saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qilishdi, Jumladan saylovchi M.Sultonova tomorqani sug‘orish jarayoni og‘ir ketayotganini aytib, mavzuni yechish borasida ma’lumot berishlarini so‘radi. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotni A.Baxromov berdi, bundan tashqari saylovchilar tomonidan pensiya sohasiga oid yana boshqa masalalar bo‘yicha fikr mulohazalar bildirildi. 

🔰Bildirilgan fikr-mulohazalar asosida tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 3