Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar kiritilib, ko‘rib chiqildi:

— Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilariga axborot berish jarayonlaridagi uchrashuvlarni rasmiylashtirish hamda aniqlangan muammolarni tizimli hal etish chora-tadbirlari to‘g‘risida; 

 Bo‘stonliq tumani prokuraturasining tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2024-yildagi faoliyati to‘g‘risida; 

— Bo‘stonliq tumani Ichki ishlar boshqarmasining tumanda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2024-yilda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida; 

— Bo‘stonliq tumanida hokimlik va davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalarini huquqiy ta’minlash, yuridik xizmatlarni muvofiqlashtirish, huquqiy axborotni tarqatish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida;

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-223-son Farmoni ijrosi to‘g‘risida; 

— Bo‘stonliq tumanida 2024-yilda “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida; 

 Bo‘stonliq tumani mahalliy budjetining 2024-yil 4-chorak ijrosi hamda xarajatlar yoyilmasiga kiritilgan o‘zgartirishlar va boshqa masalalar to‘g‘risida bo‘ldi.

Sessiya yakunida ko‘rilgan har bir masala yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlari qabul qilindi.
 

Slide 1 of 8