35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani kengashida "Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Sherobod tumani kengashining “Beshinchi sessiyasi" kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi, hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha
doimiy komissiyalari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.
 

Yig'ilish kun tartibidan:

1. Davlat organlari va tashkilotlari tuman tuzilmalarida 2024-yil davomida norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida Sherobod tumani Adliya bo‘limi boshlig‘ining axboroti to‘g‘risida. 

2. O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan tumanda jamoat xavfsizligi ta’minlash borasida 2024-yil davomida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari-Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘ining hisoboti 

3. Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi rahbarining hisoboti to‘g‘risida 

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 19-yanvardagiPQ-92-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyunda “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 312-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Yoshlar daftari”jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘lar va ularning sarflanishi yuzasidan Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida. 

5. 2025-yilda Sherobod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi. 

     Doimiy komissiyalarda ko‘rilgan masalalar yuzasidan fikir mulohazalar eshitilib navbatdagi navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tasdiqlash uchun kiritildi.  

Slide 1 of 4