Deputatlar Aholi va yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish holati o'rganildi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari hamda deputatlar faoliyatini 2025 yil 12-14 noyabr kunlarida OAV da keng yoritish bo‘yicha MEDIA-REJA ijrosini ta’minlash maqsadida bugun xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari N.Allamuratova, G.Xolmatova va A.Pardayev, B.Yo'ldoshev, X.Abdimo'minovlar tumandagi “Bandixon” va “Bektepa” mahallalaridagi aholi va bolalar uchun 1-sonli bolalar o'smirlar sport maktabi, 1,15,33- umumta’lim maktablarining sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida maxsus sport anjomlar holati, ulardan foydlanishilari hamda sport to'garaklari ko'zdan kechirildi.
O‘rganishlar yakunida deputatlar har bir yoshning qiziqishlaridan kelib chiqib, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda sport sohasini yuksaltirish borasida individual chora-tadbirlar belgilab olish takidlandi.