Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Munosabat:

Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhammadovning taklifiga binoan 2025-yil 4–5-avgust kunlari amalga oshirgan amaliy tashrifi – nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarning mantiqiy davomi, balki mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyot yo‘lida qo‘yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri, deb hisoblayman.

Bu tashrif – O‘zbekistonning ochiq, konstruktiv va o‘zaro manfaatli tashqi siyosatining yorqin ifodasidir. Davlatimiz rahbari har doim qo‘shni davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat va tenglik tamoyillariga asoslangan siyosat yuritishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Ayniqsa, Turkmaniston bilan aloqalarimizda so‘nggi yillarda sezilarli faollik, aniq amaliy natijalar va har ikki xalq manfaatlariga xizmat qiladigan tashabbuslar guvohi bo‘lyapmiz.

Deputat sifatida alohida ta’kidlamoqchimanki, bu kabi oliy darajadagi muloqotlar:

• Sanoat, energetika, transport va qishloq xo‘jaligi sohalarida yangi istiqbolli loyihalarni boshlash imkonini beradi;

• Parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi;

• Madaniy va gumanitar sohalarda almashinuvni kuchaytiradi;

• Eng muhimi – xalq diplomatiyasini rivojlantirishga, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shu nuqtai nazardan, bu tashrifni O‘zbekistonning xalqaro nufuzini oshirish, ichki taraqqiyotimizga tashqi ko‘maklarni jalb etish va mintaqada tinchlikni ta’minlash yo‘lidagi yana bir muhim bosqich, deb hisoblayman Termiz tuman Kengashi deputati A.Avliyakulov