Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganmoqda

 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputatlari tomonidan tuman hududidagi ijtimoiy soha obyektlarining 2025–2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda. Mazkur tadbir doirasida deputat Mamatmuratov A’zamat Karamtovich 17- va 18-umumta’lim
maktablari hamda 14-maktabgacha va maktab ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

Tashrif davomida deputat mahalla yettiligi a’zolari bilan hamkorlikda ta’lim muassasalarida issiqlik tizimlari, elektr tarmoqlari, tom va derazalar holati, isitish moslamalarining tayyorligi, ko‘mir va boshqa yoqilg‘i zaxiralari mavjudligi, shuningdek, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish masalalarini atroflicha ko‘zdan kechirdi. 

Shuningdek, o‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Mahalliy hokimiyat organlari, tuman elektr ta’minoti korxonasi hamda ta’lim bo‘limi vakillari bilan hamkorlikda ijtimoiy obyektlarda kuz-qish mavsumini muammosiz o‘tkazish choralari belgilab olindi. 

Deputat A’zamat Mamatmuratov ta’kidlaganidek, bugungi kunda ta’lim va tarbiya muassasalarida issiqlik tizimlarini sozlash, muhofaza tadbirlarini kuchaytirish, bolalar salomatligi va xavfsizligini ta’minlash eng muhim vazifalardan biridir. 

Mazkur monitoring jarayonlari davomiy bo‘lib, Oltinsoy tumanidagi barcha ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bosqichma-bosqich o‘rganiladi. 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 9