Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
“Deputatlik so‘rovlari” ijrosi ta’minlanmoqda

“Deputatlik so‘rovlari” ijrosi ta’minlanmoqda

Xalq dardi – deputatlar uchun eng katta mas’uliyat hisoblanadi. Fuqarolarning har bir murojaatiga befarq qaramasdan, ularning muammolariga yechim topish – xalq vakillarining asosiy vazifasi sanaladi.

Shu maqsadda, xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi a’zolari Ozodaxon Dadajonova va Shuxratjon Rahimov tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolarning ko‘p yillik murojaatlarini o‘rganib, masalani hal qilish uchun tuman hokimining birinchi o‘rinbosari nomiga rasmiy “Deputatlik so‘rovi” yo‘llashdi.

Ushbu deputatlik so‘rovi mas’ul tashkilotlar tomonidan chuqur o‘rganilib, ijobiy natijaga erishildi. Eng muhimi, masalani bartaraf etish uchun zarur mablag‘lar ajratildi.

📌 Buning o‘zi xalq vakili tashabbusi orqali amaliy yordam ko‘rsatish mexanizmi samarali ishlayotganidan dalolatdir. Chunki deputatlik nazorati – qog‘ozda emas, hayotda o‘z ifodasini topishi kerak.

Xalqning xavfsizligi, farovonligi va munosib turmush sharoiti – kechiktirib bo‘lmaydigan ustuvor vazifadir!

Slide 1 of 5