Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
To‘qimachilik - iqtisodiyot drayveri: Yangi imkoniyatlar sari

To‘qimachilik - iqtisodiyot drayveri: Yangi imkoniyatlar sari

O‘zbekiston iqtisodiyotida to‘qimachilik sanoati muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining 3 foizini, sanoatning esa 14 foizini yaratayotgan bu tarmoqni yanada rivojlantirish, uni qo‘llab-quvvatlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Navoiy shahar Xalq deputatlari Kengashi deputati sifatida, bu masalaga alohida e’tibor qarataman. To‘qimachilik tarmog‘i nafaqat iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shadi, balki yangi ish o‘rinlari yaratadi, aholi daromadlarini oshiradi va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi.

 To‘qimachilik korxonalariga investisiyalarni jalb qilish, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va xorijiy investorlar uchun qulay sharoitlar yaratish,

zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish va mahsulot sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish zarur.

Klasterlarni rivojlantirish: To‘qimachilik klasterlarini rivojlantirish, ishlab chiqarish zanjirini mustahkamlash va tarmoqlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish lozim.

Navoiy shahrida ham to‘qimachilik korxonalari faoliyat yuritmoqda. Biz, deputatlar, ushbu korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning rivojlanishiga ko‘maklashish va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga tayyormiz.

🇺🇿Xalq deputatlari Navoiy shahar kengashi deputati 

      Navro‘zov Erkin Ergashevich