Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
"Zarbdor 90 kunlik" doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va sport musobaqalari yuqori saviyada o‘tkazildi

 Jalaquduq tumanidagi 14-umumta’lim maktabida "Zarbdor 90 kunlik" doirasida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, vatanparvarlik
ruhini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida qator muhim tadbirlar tashkil etildi.
 

Ushbu tadbirlar doirasida Andijon shahri va tumanlaridan tashrif buyurgan Afg‘oniston urushi qatnashchilari — faxriy jangchilar o‘quvchi yoshlar hamda mahalla aholisi bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvda faxriylar o‘z hayotiy tajribalari, harbiy xizmatdagi fidoyiliklari haqida
qiziqarli va ibratli suhbatlar olib bordilar. Bu yoshlarda vatanga bo‘lgan muhabbat, el-yurtiga xizmat qilish ruhini yanada mustahkamladi.
 

Tadbir doirasida futbol musobaqasi ham tashkil etildi. Ushbu musobaqalar yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, jamoaviylik va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi. Musobaqalar yuksak ruh va tashkilotchilik asosida o‘tkazilib, tomoshabop va qiziqarli pallalarga boy bo‘ldi. Faol ishtirok etgan o‘quvchilar, faxriylar va sport musobaqalari g‘oliblari tuman hokimligi hamda O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi Jalaquduq tuman Kengashining "Faxriy yorliq"lari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bu e’tirof va rag‘batlantirishlar yoshlar uchun katta motivatsiya bo‘ldi. 

Tadbirda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Juraev, tuman kengashi deputati E.Qurbonov hamda O‘zXDP Jalaquduq tuman Kengashi raisi
O.Nosirov ishtirok etib, o‘z tilak va tabriklarini bildirdi. Ular bu kabi tadbirlar yosh avlodni ma’nan va jismonan tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab o‘tdilar.
 

 (Tadbir ATV da suratga olindi)  

Slide 1 of 6