Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi bilan Mo`g`ilistonga etib bordi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Mo`g`uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga bordi.

“Buyant-Uxaa” xalqaro aeroportida O`zbekiston Prezidentini Mo`g`uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batseseg, Mo`g`ulistonning O`zbekistondagi elchisi Daadanxuugiyn Batbaatar va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Davlat tashrifi doirasida Suxbaatara maydonida rasmiy kutib olish marosimi bo`lib o`tdi.

Marosimda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev va rafiqasi Ziroatxon Mirziyoevani Mo`g`iliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux va uning rafiqasi Luvsandorjiyn Bolorseseg tantanali tarzda kutib oldi.

Marosimda faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o`tdilar. Shuningdek, ikki davlat delegasiyalari a`zolari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan qisqacha uchrashuv bo`lib o`tdi.

Shundan so`ng, O`zbekiston va Mo`g`iliston prezidentlari Chingizxon haykali poyiga gul qo`yib, Davlat saroyiga yo`l olishdi. Davlat saroyida Shavkat Mirziyoev faxriy mehmonlar kitobiga dastxat qoldirdi.

Ushbu tashrif O`zbekiston Prezidentining Mo`g`ilistonga ilk davlat tashrifi bo`lib, u mamlakatlar o`rtasidagi munosabatlarda yangi davrni boshlab berishi kutilmoqda.

Tashrif doirasida ikki mamlakat o`rtasida foydali qazilmalar, atrof-muhitni muhofaza qilish, fan, ta`lim, sog`liqni saqlash va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir muhim hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Ulan-Bator shahrida O`zbekiston – Mo`g`iliston biznes-forumi, “Made in Uzbekistan” ko`rgazmasi, turizm forumi, o`zbek san`ati namoyonlari va milliy oshxona kuni kabi keng ko`lamli tadbirlar tashkil etilishi ko`zda tutilgan. 

Slide 1 of 1