Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Pedagog salohiyati — ta’limda sifat mezoni

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 15-may kuni “Ta’lim tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalalari” o‘tkazilgan videoselektorda mahalliy Kengash deputatlariga belgilab berilgan vazifalarni jamoatchilikka tatbiq qilish maqsadida xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari davom etmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati O.Lapasova tashabbusi bilan Termiz shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabida o‘qituvchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Davlatimiz rahbari ta’limda sifat bo‘lishi uchun, eng avvalo, pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimi bunga tayyor bo‘lishi kerakligini ta’kidlab, bu borada aniq vazifalarni belgilab berdi. Shu o‘rinda, yig‘ilishda pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan vazifalarning quyidagi muhim jihatlariga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq ekanligini ta'kidladi.

Eng avvalo, pedagoglarni rivojlangan xorijiy davlatlarda malakasini oshirish tizimini takomillashtirish. Mazkur tizim o‘qituvchilarga yuqori sifatli ta’lim standartlari, innovatsion metodlarni o‘rganish va tajriba almashish imkoniyatini beradi. Rivojlangan davlatlarda pedagoglarning malakasini oshirish kurslari zamonaviy metodika, psixologiya, pedagogika va axborot texnologiyalari asosida tashkil qilinadi. Xorijdagi malaka oshirish jarayonlarida o‘qituvchilar yangi pedagogik texnologiyalar, STEAM ta’limi, inklyuziv ta’lim va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni amalda ko‘rib, o‘zlashtiradi.

Slide 1 of 3