Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Ijtimoiy himoya deputatlar nazoratida

Doimiy komissiyada boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama etilib, aniqlangan kamchiliklarni to’g’irlash va ish uslubini yaxshilash bo’yicha takliflar berildi. O‘zXDP deputatlik guruhi tashabbusi bilan viloyat sessiyasida ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasining hisobotini eshitish taklifi berildi. Taklif asosida viloyatning yettinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasida mazkur agentlik boshqarma boshlig‘i S.Luqmonovning hisoboti eshitildi. Hisobotda joriy yilning 1-aprel holatiga ijtimoiy himoyaga muhtoj 12 toifadagi 197 924 ta oilalar bilan manzilli ishlar olib borilgani, nogironligi bo'lgan shaxslar soni 110 422 nafarga yetgani, voyaga yetmagan 12 706 nafar bolalar, yolg’iz ( yashovchi) 1 872 nafar keksalar ijtimoiy himoyaga olingani, ularga 241 nafar ijtimoiy assistentlar biriktirilgani, amalga oshirilgan ishlar, ko’rsatilgan ijtimoiy xizmat va yordamlar natijasida 2025-yil 1-aprel holatiga ko’ra nafaqa oluvchi oilalar soni 81 393 tani tashkil etgani, mahalla yettiligi kollegial qarori bilan “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi tashkil etilgandan buyon 6 261 nafar ehtiyojmand oilalarga 10,5 mlrd so’mlik mablag’lar ajratilgani, ijtimoiy hodimlar xatlovda aniqlangan va bevosita markazga murojat qilgan ehtiyojmand fuqarolardan ijtimoiy va yordam ko’rsatish bo’yicha tushgan 144 556 ta murojaatlarning 138 187 tasi bo’yicha (95,6 foiz, qolgani jarayonda) ijtimoiy xizmat va yordamlar ko’rsatilganligi aytib o'tildi.️ Sessiyada deputatlar tomonidan mamlakatimizda ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalar va fuqarolar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlardan Samarqand viloyatida ham keng foydalanayotganligi, nogironlarni ishga joylash uchun ularni kasb-hunarga o‘qitish lozimligi, buning uchun agentlik qoshida nogironlarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish kerakligi hamda hozirgi kunda monomarkazlarda nogironlarni ular uchun kerak bo‘lgan kasblarga o‘qitilishida muammolar borligi bo’yicha fikr va takliflar bildirildi. Deputatlarning mulohazalardan kelib chiqib, sessiyada tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 4